.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>“Jurnalist ekansan, ustidan yoz bolam...” (hayotiy voqea)</p>

Bu mavzu haqda anchadan

buyon yozgim kelib yurardi,

nasib qildi, kechagi bir

suhbatdan so‘ng endi so‘z

ochmoqchiman. Kecha mobil

telefonimga qo‘ng‘iroq bo‘ldi,

javob bersam, ayol kishining

ovozi. Salom berdim.

- Va alaykum assalom. Bolam, sen

KUN.UZ’da ishlaysanmi?

Tasdiqladim.

- Menga bozordan “uchga to‘rt”

o‘lchamda do‘kon ajratishgandi.

O‘zimning yoshim oltmishdan

o‘tdi. Shu do‘konni ishlatishni

boshlaganimdan keyin bir

milliarder bola meni ishlashimni

ko‘ra olmay, sudga berib, rosa

ovora qildi.

- Sizni nega sudga beradi?

- Savdo qilishimni ko‘ra

olmaydimi yoki boshqa sabablari

bormi bilmayman. Oxiri Oliy

sudgacha bordim, u yerda

mening foydamga yakuniy

qaror chiqarib berishdi. Lekin u

bola meni yana tinch

qo‘ymaydimi deymanda...

- Qaysi ma’noda tinch

qo‘ymaydi? Do‘q qiladimi,

to‘sqinlik qiladimi? Qo‘lingizda

Oliy sudning hukmi bo‘lsa,

huquqingizni himoya qiluvchi

davlat organlari bor. Qolaversa, u

bolani milliarder deyapsiz,

sizning do‘koningiz bilan ishi

bo‘lmas-ov... Mayli, onaxon,

mendan nima xizmat?

- Shuni ustidan bitta yozib

yuborgin bolam, xarajati

mendan...

Ustimdan muzdek suv

qo‘ygandek bo‘ldi, yo‘q, yo‘q, bu

ta’rif kamlik qiladi, holimga

maymunlar yig‘lagandek emas,

kulgandek bo‘ldi. Telefonni

indamay o‘chirdim-da, xayolga

toldim. Nega biz bundaymiz-a?

Imkoniyat yaratilmasa, dod

adolat yo‘q, inson haq-huquqlari

oyoq osti bo‘lmoqda, deymiz.

Bunga imkoniyat berilsa,

sayyoralardek-sayyoralardek

talablarimiz, istaklarimiz paydo

bo‘ladi. Eng yomoni jurnalistlarni

“yozuvchi”ga chiqarib, ig‘vo

boshlamoqchi bo‘lamiz.

Men yangi davr jurnalistiman. Bu

- “yozuvchi” degan salbiy

qarashlar qayerdan kelib

chiqqan bilmayman. Balki o‘sha

“quloq” qilingan zamonlardan

qolgandir, balki undan keyin

paydo bo‘lgandir, ammo gap

shundaki, tunlari bedor bo‘lib,

biror bir manfaatdan umidvor

bo‘lmay, mana shu odamlar

tashvishida, dardida chopsang-u,

senga qo‘ng‘iroq qilib, “ustidan

yozib yubor” deyishsa...

Ha, uka, ko‘nglingizga yaqin

olmang, bir ayol aqli yetmay

gapiribdi-da, shunga ham siqilib

o‘tirasizmi, deyishingiz mumkin.

Javobim qat’iy – ha, siqilaman,

meni “yozuvchi”ga chiqargani

uchun emas, balki millat sifatida,

xalq sifatida bir-birimizni

tushunib yetmayotganimizdan,

birlashmayotganimizdan, hali-

hamon haqiqiy o‘zbek bo‘la

olmayotganimizdan siqilaman.

Mana, KUN.UZ tahririyatiga har

kuni yuzlab murojaatlar kelib

tushadi. Borib o‘rganasiz, hal

etasiz, kutasiz, suhbatlashasiz,

asablar taranglashadi, bedorlik...

Bu jarayonlarga aralashmay,

millat ishiga qo‘shilmay, panada

turgancha dod deyish va o‘z

shaxsiy manfaati yo‘lida

jurnalistlarni “yozuvchi”ga

aylantirish insofdanmi?

Jurnalistlar haqida shunday

o‘ylashning o‘zi adolatdanmi?

Jurnalist shaxsiyati haqida ana

shunday fikr yuritilaverganidan

biror davlat tashkilotiga

borsangiz, yuzlari tirishadi “uf,

ana, yozuvchi keldi” deb. Ayrim

rahbarlarning ochiq aytgan

paytlari ham bo‘lgan.

Butun jurnalistlar nomidan

gapirishga haqli emasman,

ammo odamlarga – xalqimizga

bugun aytar so‘zim shuki, bugun

zamon mutlaqo yangi shaklda,

yangi mazmunga ega. Bugun

davrning fidoyilarga ehtiyoji

bor. Jonini jabborga berib,

kasbiga sodiq jurnalistlarni

asraylik, ularni befarosatsizlarcha

xafa qilmaylik, sal tafakkur

yuritaylik. Ular siz aytayotgan

“yozuvchi”lar emas, ular

jurnalistlar. Sizning, mening,

uning MILLATning dardida

yonayotgan jurnalistlar...ymaydi? Do

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон