.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Baribir men seni topardim...</p>

Inobat xola eshikka suyanib,

chuqur xo‘rsindi. Akmalga

nima deydi? Bu oltinchi

joydan qaytishi, hammasida

bir xil javob...

Xola horg‘in qadam tashlab,

ichkariga kirdi. O‘g‘li uyda yo‘q

edi. Ustaxonasida bo‘lsa kerak.

Inobat xola tugunini xontaxta

ustiga qo‘yib, to‘shakka o‘tirdi

va ko‘zlarini yumdi.

Kimningdir oldida izza

bo‘lishdan qochib, sovchilikka

doim o‘zi boradi. Chunki o‘g‘li…

Eshik g‘iyqillab ochildi. Akmal

eshik tutqichini mahkam

ushlaganicha, onasining

huzuriga kirdi. Akmalning yuzi

istarali, qop-qora qosh-ko‘zlari

chiroyli. Ko‘rgan odam borki

havas qiladi, lekin oyog‘i…

Akmal tug‘ilganida Inobat xola

ko‘p azob chekkandi. U paytlar

tibbiyot unchalik

rivojlanmaganmidi yoki

operatsiya qildirish rasm

bo‘lmaganmidi, qiynalib

tug‘ilgan bolaning oyog‘iga

shikast yetdi. Inobat esa

shundan keyin farzand

ko‘rolmaydigan bo‘lib qoldi.

Shiringina bolakay uch

yoshida qiynalib qadam

tashladi.

Yolg‘iz, tag‘in bunaqa bolaga

qanoat qilmadimi yoki bu bir

bahona bo‘ldimi, eri ham

tashlab ketdi. Inobat yig‘ladi-

siqtadi, najot yo‘q, ovundi.

Bolasini yolg‘iz o‘zi katta qildi.

Maktabni bitirganida institutga

kiritishga qurbi yetmasligini

tushundi va o‘g‘li shu

paytgacha o‘rganib olishga

ulgurgan hunariga yo‘l berildi.

Mo‘jazgina hovlining devori

olindi va kichikroq hujra

solindi. Akmal alohida eshikli

shinam ustaxonada etikdo‘zlik

qila boshladi. Mijozlari

ko‘paydi, hunari bilan birga

ro‘zg‘orlariga ham baraka

kirdi, ona-bola yillar davomida

shu baxt sari harakat

qilganlarini tushungandek

bo‘ldilar. Lekin bu baxt

navbatdagi muammo oldida

yo‘qqa chiqib turibdi.

Uylanadigan vaqti keldi, hatto

bir oz o‘tdi ham. Akmalga hech

kim qizini bermadi. Uning

odobiga, mehnatiga havas

qildilar, soppa-sog‘

takasaltanglarga o‘rnak qilib

ko‘rsatdilar, lekin hech kim

qizini bermadi. Unga

achindilar, onasiga achindilar.

Lekin ona tinimsiz eshik qoqdi,

yigit umid bilan kutdi. Qiz

bermadilar.

Takasaltanglar uylanib ketdi,

ko‘rimsiz qizlar-da tengini

topdi. Akmal bo‘ydoqligicha

qoldi.

Shu…

* * *

Akmal onasining ko‘ziga bir

qarashdayoq hammasini

tushundi. Shuning uchun nima

bo‘ldi deb so‘rab o‘tirmadi.

Ona-bola choy ichdilar va

Akmal yana ustaxonasiga

chiqib ketdi. Agronomning

kirza etigiga mix urayotib,

o‘yga berildi. Onasi yorilsa

ham bo‘lardi. «Sening ham

tenging bordir bolam» deb

yig‘lasa, balki yozilarmidi?!

O‘shanda uchinchi sinfda

o‘qishardi. Mana shu etik

egasining qizi Mohira bilan

sinfdosh edilar. Bir kun

nimadir bo‘ldi-yu, muallim

Akmalni Mohiraning oldiga

o‘tqazib qo‘ydi. Ertasiga

darsga kelganlarida parta

ustida «M+A=S» degan yozuv

paydo bo‘lgandi. Akmal

o‘chirishga ulgurmadi.

Kimningdir bolalarcha

qilig‘idan sinfda gap bolaladi

va hamma Mohirani ermaklay

boshladilar. Mohira esa bor

alamini yig‘di va uch so‘zga

joyladi:

«Turqing qursin, cho‘loq!».

Murg‘akkina go‘dak sumkasini

ham olmay, oqsoqlanganicha

uylariga chopib keldi. Yostiqqa

boshini burkab rosa yig‘ladi,

o‘ksib-o‘ksib yig‘ladi. Hech bir

aybi bo‘lmasa-da,

xo‘rlanganidan o‘kinib yig‘ladi.

Birinchi marta o‘zidan, shu

holida tashlab ketgan otasidan

nafratlanib ketdi. Yig‘laganicha

uxlab qoldi.

Eshik taqilladi. O‘qituvchisi

Mohira va ikki sinfdoshini olib

kelgan ekan. Mohira yerga

qarab kechirim so‘radi,

o‘qituvchisi mehribonlik bilan

ertaga albatta maktabga

borishini tayinladi. Maktabga

bordi ham, yana

sinfdoshlariga kirishib ketdi

ham. Lekin ko‘nglidagi yara

bitmadi. O‘nni bitirdilar hamki,

Mohiraga bir og‘iz gapirmadi.

Keyinchalik katta bo‘lganlarida,

sinfdoshlar bir-birlariga mehr

qo‘yib, bu damlar

g‘animatligini tushunganlarida

Mohira Akmalning yo‘lini

to‘sib, qayta-qayta kechirim

so‘radi. Lekin o‘sha mash’um

so‘zlar Akmalning qulog‘i

ostida yangrayverar va u

teskari qarab ketardi.

Hozir Mohira uch bolali

bo‘lgan. O‘tgan yili «o‘n

yillik»da ko‘rdi. Baribir

gaplasholmadi…

Eshik ochilib, bir qiz kirib keldi.

Yerga qaraganicha bir poy

tuflini uzatdi.

— Xolam jo‘natdilar. Mana bu

tuflini tikib berarkansiz.

Akmal poyafzalni qo‘liga olib,

qizni o‘rindiqqa o‘tirishga

taklif etdi.

— Xolangiz kim?

— Anzirat xola borlar-ku,

uylari do‘kon yonida - javob

berdi qiz yerdan ko‘z uzmay.

— Ie, Anzirat xolaning

jiyanimisiz, mehmon ekansiz-

da, bo‘lmasa.

— Ha, Tepaqo‘rg‘ondanman.

Xolamga pillaga qarashish

uchun yordamga keldim, -

gapini davom ettirdi qoraqosh

qiz hanuz yerga qarab.

— Yaxshi. Bu tuflini to‘liq

aylantirib tikish kerak,- dedi

Akmal baquvvat qo‘llari bilan

charmni ezg‘ilab. Qarang,

anchagina so‘tilib ketgan.

Qizning nigohi poyafzalga

qadalish oldidan Akmalning

ko‘zlarida bir to‘xtab o‘tdi va

Akmal hammasini tushundi.

Qizning ko‘zlari... Bir qarashda

sezilmaydi, ammo diqqat

qilinsa, har ikki ko‘zining

qorachig‘i bir tarafga qarab

turishi seziladi.

— Endi ertaga kelasiz, singlim.

Men chiroyli qilib tikib

qo‘yaman.

Qiz yigitdan taralayotgan

mehrni, eng muhimi o‘zidagi

nuqsonga hamdardlik hissini

his qildi. Negadir umrida

birinchi marta yigitlar bilan,

to‘g‘rirog‘i, aynan shu yigit

bilan gaplashgisi keldi.

— Puli qancha bo‘ladi? Ertaga

qancha olib kelay?

Qizning mayin ovozi, odobi

Akmalga ham ta’sir qilib

ulgurgandi.

— Anzirat xola mening ham

xolam, sizdan pul olsam uyat

bo‘lar.

Qiz xiyla qizarib chiqib ketdi.

Uning ortidan qarab qolgan

Akmalning ko‘nglida ajib hislar

qoldi.

* * *

Qiz ertasiga ham, indiniga

ham keldi. Akmal ishni cho‘zar,

bu holat ikkoviga ham ma’qul

edi. Pilla mavsumi

tugagunicha ancha

yaqinlashib qo-lishdi. Qiz

yigitning, yigit qizning

nuqsonini tilga olmadi. Hatto

hamdardlik nuqtai nazaridan

ham bu mavzu ko‘tarilmadi.

Yanada qizig‘i, dil-roziga bir

qadam qoldilar hamki, bu

yaqinlikdan hech kim xabar

topmadi.

Yigirma kunlardan keyin qiz

do‘kon eshigini yopdi va

chetga tikilayotgan tuyulsa-da,

nigohini Akmalning ko‘zlariga

qarab shunday dedi.

— Akmal aka, ertaga uyimizga

ketaman. Sizdek do‘st

topganimdan xur-sandman.

Xayr - dedi-yu, chiqib ketdi.

Eshik sekin yopildi hamki

Akmal o‘ziga kelmadi. Nahot,

shuncha yillar izlagan

gavharini bir onda yo‘qotsa?!

Tezda nima qilishini o‘ylab

oldi. Ustaxonani yopib,

oqsoqlanganicha shosha-

pisha bozorga yo‘l oldi.

Bozordan qizga chiroyli

ro‘mol, atir, xolasi uchun ikkita

issiq non, qand-qurs oldi.

Mo‘ljali - kech kirganda avval

o‘zi, keyin onasi bilan Anzirat

xolanikiga kirish. Agar shular

ham yo‘q desa… demak Akmal

bu dunyodan toq o‘tadi.

— Peshanangda omad yulduzi

chaqnab turibdi. Katta ish

ustidasan, sadaqa qil bolam, -

degan ovoz Akmalning

xayolini bo‘ldi.

Qo‘l uzatib turgan mo‘ltoni

ayolga pul uzatdi. Mo‘ltoni ayol

chetga chiqib, uning ortida

kichkinagina stolga pista bilan

birga lotereya biletlarini yozib

o‘tirgan chol ko‘rindi.

Akmal tavakkal qilib bitta

lotereya olib, tanga bilan qirib

o‘chirdi.

Yutuq yana bitta chiptalik

ekan, ikkinchisiniyam olib

o‘chirdi. Vo ajab! Shu rostmi?!

Ellik million!!!

Akmalning yuragi hapriqib

ketdi.

Katta yutuq

chiqqanligini tasdiqlagan chol

Akmalning cho‘ntagidagi bor

pulga ega bo‘ldi…

* * *

Tut shoxlari uyilib yotgan

hovli chetidagi so‘rida to‘rt

kishi gaplashmoqda edilar.

Anzirat xola Akmal olib kelgan

non ushatilgan dasturxon

chetini o‘ynagancha bosiqlik

bilan gapirdi:

— Bilmadim, bolam. Bu

bechora ham tegsa sendek

yigitga tegar-da, bolam,

o‘zimning qizim bo‘lsa senga

qo‘sh-qo‘llab bermasmidim?!

Seni-yu, onangni bilmasam

ekan…

— Xolajon, - dedi Akmal. Siz

faqat Tepaqo‘rg‘onga borib,

singlingizga Xolida yana bir-

ikki oy siznikida turib turishini

aytsangiz bo‘ldi. Bu vaqtda

ulguramiz. Ishoning, hammasi

yaxshi bo‘ladi.

Inobat xola bilan Anzirat xola

ko‘zlarida yosh bilan

yoshlarga oq fotiha berishdi.

Tun yarim bo‘lishiga qaramay,

yoshlar hech kimga bildirmay,

Toshkentga yo‘l oldilar.

* * *

Eng yaxshi suyak shifokorlari

Akmalning oyog‘iga tig‘

urishdi. Ko‘zning eng mohir

jarrohlari Xolidaning

qorachiqlari ustida ish olib

bordilar.

Mo‘jiza yuz berdi. Yoki pul

yana bir bor mo‘jiza yaratdi.

Hech kimlari yo‘q katta

shaharda bir-birlariga

hamdard bo‘ldilar. Ikkovlon

shaharning ikki chekkasidagi

shifoxonalarda bo‘lsalarda,

telefonda bog‘lanib turdilar.

Umid har narsadan ustun

chiqdi.

* * *

To‘y to‘satdan boshlangan

bo‘lsa-da, el suygan

xonandaning shirali ovozi

taralib, tumonat odam

to‘plandi.

Kelin-kuyov o‘tirgan mashina

to‘yxona oldida to‘xtadi.

Akmal shaxdam qadamlar

bilan kelib, Xolidani ko‘tarib

tushirdi. Xolida qaynonasining

shodlikdan yoshlangan

ko‘zlariga bir qarab, yana

nigohini yerga qadagancha

salom berdi.

Davraga Anzirat xola bilan

Inobat xola raqs tushish

uchun chiqqanlarida Xolida

Akmalning qulog‘iga shivirladi:

— Lotereya yutmaganingizda

ham sizniki bo‘lardim…

Akmal zavqlanib kulib,

Xolidaning qulog‘iga shipshidi.

— O‘zing kelmaganingda ham

baribir seni topardim…

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон